Uzoq vaqtdan buyon bir jamoada to‘p surib kelayotgan futbolchilar reytingi tuzildi. Messi 3-o‘rinda

  • 25 aprel, 2020, 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali Evropaning top-10 chempionatlarida bir klubda uzoq vaqtdan buyon to‘p surib kelayotgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, reytingning eng yuqori pog‘onasidan Moskvaning TsSKA klubi darvozaboni Igor Akinfeev joy oldi. U naqd 17 yildan buyon armiyachilar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kuchli uchlikdan esa "Sent-Eten" posboni Loik Perren va "Barselona" hujumchisi Lionel Messi joy oldi.

To‘liq ro‘yxat esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Igor Akinfeev, TsSKA (17 yil, 3 oy, 23 kun);

2. Loik Perren, "Sent-Eten" (16 yil, 9 oy, 24 kun);

3. Lionel Messi, "Barselona" (16 yil, 3 oy, 23 kun);

4. Franchesko Manyanelli, "Sassuolo" (14 yil, 9 oy, 24 kun);

5. Djordjio Kellini, "Yuventus" (14 yil, 9 oy, 24 kun);

6. Serxio Ramos, "Real" (14 yil, 7 oy, 24 kun);

7. Semmi Bossut, "Zyulte-Varegem" (13 yil, 9 oy, 24 kun);

8. Bruno Soriano, "Vilyarreal" (13 yil, 9 oy, 24 kun);

9. Xavi Lopes, "Espanol" (13 yil, 9 oy, 22 kun);

10. Marselo, "Real" (13 yil, 3 oy, 23 kun).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!