"So‘g‘diyona" bilan Denisov o‘rtasidagi kelishuv yarim yilda to‘xtab qolmaydi"

  • 20 iyul, 2022, 13:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona”ning Vitaliy Denisov bilan kelishuvga erishgani yozgi selektsiyadagi kam sonli top-transferlardan biriga aylandi. Darhaqiqat, bu yangilikni deyarli hech kim kutmagandi. Hamyurtimizni Ukraina va Rossiya klublarida muvaffaqiyatli to‘p surganini bilamiz. Oxirgi paytlarda Rossiya birinchi divizionida to‘p surgandi. 35 yoshli himoyachi oxirgi paytlarda jamoasiz edi. Nihoyat, tajribali futbolchi bir qarorga keldi va faoliyatini O‘zbekistonda davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

Qiziq tomoni, O‘zbekiston fubolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev Denisovning “So‘g‘diyona” klubiga o‘tishida va Jizzaxga borib kelishida hamroxlik qilgan. Aytish mumkinki, Murzoev ham bevosita ushbu transferda ishtirok etdi. Shu sababli u Vitaliyning “So‘g‘diyona”ga ko‘chib o‘tishi yuzasidan o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  

vitaliy3

“Vitaliy takliflar orasidan “So‘g‘diyona”ni ma’qul topdi”

- Vitaliy Denisovning O‘zbekistonga kelish masalasiga kelsak, ko‘pchilikka sir emas, biz oldindan u bilan do‘stmiz. O‘rtamizdagi munosabatlarimiz ancha iliq. Bizning olib borayotgan ishimizdan kelib chiqib, Denisovning O‘zbekistonda faoliyatini davom ettirish to‘g‘risida suhbatlashgan chog‘imizda Denisovga o‘zbek klublaridan qiziqishlar borligi ma’lum bo‘lgandi va ularning orasidan “So‘g‘diyona” jamoasini ma’qul topdi. O‘zining xohishiga binoan klub rahbariyati bilan uchrashib, “So‘g‘diyona”ning oldiga qo‘ygan maqsadlarini bilganidan so‘ng va ayniqsa, OFK Kubogida ishtirok etayotgani, ko‘p klublarning chempionlik uchun kurashayotgani hamda ularning orasida “So‘g‘diyona” jamoasini ham borligini inobatga olgan holda jizzaxliklarni tanladi. Natijada futbolchi klub bilan yarim yillik shartnoma imzoladi.

vitaliy

“Klub bazasi Denisovga ancha yoqdi”

- To‘g‘ri, Denisovning O‘zbekistonga qaytishi, chempionatimizda bunday darajadagi futbolchilarning to‘p surmayotganligi albatta jamoalar o‘rtasidagi raqobatni oshishiga, muxlislarni yana stadionlarga qaytarishiga xizmat qilishi mumkin. Bu jarayon to‘g‘risida aytadigan bo‘lsam, unga aloqaga chiqishganidan keyin ikki tomon bir-biriga shart-sharoitlarni tushuntirdi. Xabaringiz bor, Ulug‘bek Baqoev ham o‘z paytida Vitaliy Denisov bilan birga to‘p surgan. Shuning uchun jarayon ancha engil kechdi, desak ham bo‘ladi. Jizzaxga borganimizda klub rahbari juda iliq kutib oldi. Jamoa rivoji yo‘lida Denisovga shiddat bilan harakat qilishida omad tiladi. Klub bazasi ham Vitaliyga ancha yoqdi. Jamoa uchun shahardan alohida joyda mashg‘ulot maydoni, basseyn, futbolchilarning tiklanishi uchun barcha sharoitlar, umuman jamoaga bo‘lgan e’tibor Denisovning e’tiborini tortdi. Bunday vaziyatda klublarimizdagi professionalizmni o‘sib borayotganini aytmasdan ilojimiz yo‘q. Bilasiz, muxlislar futbolni sog‘inishgan, futbolni yaxshi ko‘rishadi. Futbolni esa bizga aynan mana shunday yulduzlar taqdim etishadi, deb umid qilamiz. Vitaliyga kelajakdagi faoliyatiga omad tilaymiz.

vitaliy1

“Kelishuv ikki tomonning xohishiga qarab yuz berdi”

- Shartnomaning yarim yilga imzolangani ikki tomonning xohishiga qarab yuz berdi. Klub ham Vitaliyni tezroq jamoaga qaytishini xohlayapti. Futbolchi ham tezroq o‘zining optimal formasiga qaytish harakatida. O‘ylaymanki, Denisov va klub o‘rtasidagi kelishuv yarim yilda to‘xtab qolmaydi va yana davom etadi. Vitaliy iliq taassurotlar bilan qaytdi. Toshkentdagi o‘zgarishlar, futbolimizni rivojlanishi, 5-6 ta klubni chempionlik uchun kurashayotgani uni quvontiryapti.

vitaliy2   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!