"So‘gdiyona" bosh murabbiylikka Ulug‘bek Baqoevni qaytardi

  • 26.03.2026 15:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boya "So‘gdiyona" matbuot xizmati Ivan Boşkovichni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqarilgani haqida ma’lum qilgandi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan uning o‘rniga Ulug‘bek Baqoev tayinlanganini e’lon qildi.

"Jamoamizga yaxshi tanish bo‘lgan, tajribali mutaxassis Ulug‘bek Baqoev bilan kelishuvga erishildi. U ilgari ham jamoamiz natijalariga munosib hissa qo‘shgan va o‘zining professional yondashuvi bilan ajralib turadi.

Ulug‘bek Baqoevga jamoamizdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va omad tilaymiz!", - deyiladi rasmiy xabarda.

Ulug‘bek Istamovich bungaча ham 2019-2022 yillar davomida "So‘gdiyona"ni boshqargan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
26/03/2026 19:48
Juda yaxshi bo‘libdi.