"So‘g‘diyona" chernogoriyalik legionerni ham o‘z safiga qo‘shib oldi
«So‘g‘diyona» qishki transferlar oynasida o‘zining tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
O‘tgan mavsum «Petrolul» jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali hujumchi jizzaxliklar bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida Zoran Petrovich 1997 yil 14 iyulda Chernagoriyada tavallud topgan. Zoran Petrovich o‘tgan mavsumda «Petrolul» tarkibida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli to‘p uzatma yozdirib qo‘ygan.

Futbolchi faoliyati davomida «Petrolul», «Buduchnost», «Yablones», «Iskra», «Titograd» jamoalarida to‘p tepgan. Uning so‘ngi jamoasi «Petrolul» hisoblanadi. Bu to‘g‘rida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Oldinroq Islom Qobilov, Sardor Qulmatov hamda Aleksey Noskoning "So‘g‘diyona" bilan shartnoma imzolagani to‘g‘risida xabar berib o‘tgandik.

Fikrlar