"So‘g‘diyona" hujumchisi bilan shartnomani yangiladi

  • 05.12.2024 17:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"So‘g‘diyona" hamda Shohrux Abdurahmonov o‘rtasida tuzilgan mexnat shartnomasi muddati bir yilga uzaytirildi, deya xabar bermoqda jamoa matbuot xizmati. 

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax klubi va hujumchi o‘rtasida tuzilgan yangi bitim 2025 yilning so‘nggiga qadar amal qiladi.

25 yoshli futbolchi ushbu mavsum superliga doirasida 7 uchrashuvda maydonga tushib 540 daqiqa davomida raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg‘ol qildi.

U ikki marta jarohat olib, safdan chiqqanligi bois, ko‘p o‘yin amaliyotiga ega  bo‘la olmadi, lekin shunday bo‘lsada, u bir nechta straykerlardan ko‘proq gol urishni udalladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!