"So‘g‘diyona" kambek evaziga "Surxon"ni taslim qildi. Norxonovdan dubl (video)
Avval xabar berganimizdek, bugun Superliganing 4-tur uchrashuvlariga start berildi.
Jumladan, shu kuni “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi. Dastlab, termizliklar a’zosi Islom Toshpo‘latov (45+2') birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo o‘yin yakuniga qadar jizzaxliklar hujumchisi Shohruz Norxonov (59', 90+3') dubl qayd etib, “So‘g‘diyona”ga muhim g‘alabani keltirdi. Yakunda 2:1 hisobida mezbonlar g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar