“So‘g‘diyona” “Neftchi”ga qarshi so‘nggi 5 uchrashuvning 3 tasida zafar quchgan

  • 19.04.2017 18:17
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Oliy liganing 7-turida “So‘g‘diyona” klubi o‘z maydonida “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Quyida mazkur raqiblarning o‘zaro bahslarga doir statistik ma’lumotlari bilan tanishing. Bu haqda “Neftchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Neftchi” hamda “So‘g‘diyona” oliy ligada 42 bora to‘qnash kelishgan. Shulardan 27tasida farg‘onaliklar g‘olib bo‘lishgan, 7ta o‘yinda “So‘g‘diyona” g‘alabani tantana qilgan. O‘zaro o‘yinlarda 8 marta durang natijasi qayd etilgan. To‘plar nisbati “Neftchi” foydasiga 90:32 ni tashkil qilmoqda. O‘zaro o‘inlarda “Neftchi” 89 ochkoni, “So‘g‘diyona” esa 30 ochkoni qo‘lga kiritgan. “So‘g‘diyona”ning “Neftchi” ustidan qozongan yirik g‘alabasi – 2:0. “Neftchi”ning o‘zaro o‘yinlarda jizzaxliklar ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 7:0ga teng.

O‘tgan yili Farg‘ona va Jizzahda  bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda Davron Fayziev shogirdlari kichik hisobda g‘alabaga erishishgan.

“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan so‘nggi etti uchrashuv:

26.08.2016 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 1:0

12.09.2015 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 0:1

21.05.2014 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 2:0

13.04.2013 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 2:1

23.04.2011 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 0:2

25.06.2009 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 0:3

08.08.2008 «So‘g‘diyona» – «Neftchi» 1:1

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “So‘g‘diyona” o‘z maydonida Farg‘ona klubini 5 marta mag‘lub etgan. Besh marta durang qayd etilgan. “Neftchi” safarda “So‘g‘diyona”ni 9 bor mag‘lub etib qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, bahs 22 aprel bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 18:00ga belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!