
"So‘g‘diyona" o‘rtoqlik o‘yinida Latviya klubiga mag‘lub bo‘ldi
BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borayotgan "So‘g‘diyona" o‘rtoqlik o‘yinida "Riga"ga qarshi bahs olib bordi.
Bellashuv 0:1 hisobida Latviya klubining g‘alabasi bildan yakunlandi.
Uchrashuv davomida murabbiy Ivan Boshkovich yangi kelgan futbolchilar hamda yosh iqtidorlarni sinovdan o‘tkazdi. O‘yinning har bir daqiqasi jiddiy kurashlarga boy bo‘ldi. Ammo, 86-daqiqada "Riga" futbolchisi Jurkovskis Raivis tomonidan kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi.
Ma’lumot uchun, birinchi xalqaro o‘rtoqlik bahsida "So‘g‘diyona" Rossiyaning "Rostov" jamoasiga mao‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar