
"So‘g‘diyona" "Real"ni "yoqib oldi" va bir kishi kam bo‘lib qolgan "Andijon"ni irodali tarzda mag‘lub etdi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "So‘g‘diyona" bahsi yakunlandi. Bahs Jizzax klubining 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, o‘yining 15 daqiqasida Sardor Azimovning o‘ng qanotdan uzatib bergan uzatmasini Rubin Xebay bosh bilan darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Birinchi taym shu tariqa mezbonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limnining "Andijon" futbolchisi Farhod Bekmurodov Olim To‘ychiboev tomonidan ikkinchi sariq kartochkaga loyiq ko‘rilib, maydondan chetlatildi.
Vodiyliklarning o‘n kishi bo‘lib qolganidan foydalanib, jizzaxliklar ketma-ket hujum uyushtirdi. Shulardan birida, 88 daqiqada Iskandar Shaykulov jarima maydonchasi tashqarisidan Litovka darvozasini aniq nishonga oldi va o‘yinda muvozantni tikladi. Bu hammasi emasdi: Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Zaymovich gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Shu tariqa "So‘g‘diyona" safarda 3 ochkoga qo‘lga kiritdi.
Fikrlar
Жиззахликлар ёндирди лекин.