
"So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan "Mash’al" futbolchisining ahvoli haqida ma’lumot berildi (Foto)
15 aprel kuni Superliga 6-turida "So‘g‘diyona" - "Mash’al" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.
Uchrashuvda muborakliklar futbolchisi Najmiddin Normurodov jarohat olgandi. Klub matbuot xizmati uning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
- Superliganing 6-turida "So‘g‘diyona"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Najmiddin Normurodovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi va natijada chap oyog‘ining payi yirtilishi sababli Normurodov oyog‘i gips qilindi.
Najmiddin Normurodov tezroq sog‘ayib safimizga qo‘shilishiga umid qilib qolamiz, - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar