
Son MLS klubi bilan kelishib olganmi?
33 yoshli Son Xyon Min "Tottenxem" jamoasini tark etayotganini e’lon qildi. U 2015 yildan buyon klub sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Jurnalist Ben Jeykobs tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Janubiy Koreya terma jamoasi sardori MLSning "Los-Anjeles" klubi safiga o‘tishi mumkin. Tomonlar transfer bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Ayni paytda kelishuv 20 million dollar (15 million funt) atrofida baholanmoqda.
"Tottenxem" klubi bu futbolchi uchun avvalroq Saudiya klublaridan 30 million funt talab qilgan, hozir esa 26 million dollar (20 million funt) olishni maqsad qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Los-Anjeles" Son bilan shaxsiy shartnoma borasida deyarli kelishib bo‘lgan. Futbolchi klubga o‘tishga rozilik bergan.
Fikrlar