
So‘nggi daqiqadagi ikki gol Erik ten Xag fikrini o‘zgartirdi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa yarim himoyachisi Skott Maktominey bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi.
26 yoshli shotlandiyalik futbolchi “Brentdort”ga qarshi bahsda o‘yin yakunlanishi arafasida ikkita to‘p kiritib, mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirib yuborganidan keyin niderlandiyalik mutaxassisning mehri jo‘shib ketdi.
Erik ten Xag yanvarda sotib yuborilishi rejalashtirgan Maktominayni olib qoladigan bo‘ldi. Aslida futbolchining shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan.
Maktominey joriy mavsumda chempionatda besh marotaba maydonga tushgan va oxirgi bahsda o‘z hisobga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar