"Spartak" hujumchisi A Seriya klubiga o‘tadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Spartak" va "Fiorentina" hujumchi Aleksandr Kokorin transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Ta’kidlanishicha, forvardning transferi 5 million evroni tashkil qiladi. Hujumchi "Spartak"da shartnoma bo‘yicha yiliga 3 million evro maosh oladi, "Fiorentina" unga 1,7 million evro maosh taklif qilmoqda.

Kokorin 24 soat mobaynida italiyaliklarga javobini aytishi kerak bo‘ladi. Agar futbolchi florentsiyaliklarning taklifni rad etsa, klub Filipe Anderson nomzodiga murojaat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!