“Spetsiya” Shomurodov uchun taktikani o‘zgartiradi. Ular“Inter”ni birinchi marta engmoqchi!

  • 10 mart, 2023, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 16-turini Eldor Shomurodov o‘ynayotgan “Spetsiya” boshlab beradi. Yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan liguriyaliklar “Alberto Pikko” stadionida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Inter” bilan to‘qnash keladi.

Tecno

Ayni paytda ko‘pchilikni “Spetsiya”ning yangi bosh murabbiyi Leonardo Semplichi qanday yo‘l tutishi qiziqtirmoqda. Bu murabbiy qo‘l ostida jamoa hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Ular ancha kuchli hisoblangan “Udineze” va asosiy raqobatchi “Verona”dan bittadan ochko oldi. Lekin oldindagi raqib ancha jiddiy.

ea507573ba1b7bfea6bbd715e4aa4c1063f25f5c67881856704422

Mutaxassislar Semplichi kuchli raqibga qarshi taktik o‘zgarishlar va tarkibda yangiliklar qilishini ta’kidlamoqda.

Florentsiyalik mutaxassis avvalgi uchrashuvlarda yagona markaziy hujumchi – Mbala Nzolaga tayanib tarkib tanlagan edi. Ancha nufuzli manba – https://www.calciomercato.com sayti esperti Janni Salis tahliliga ko‘ra, Leonardo Sempilichi “Inter”ga qarshi klassik taktika – 4-4-2 sxemasini tanlaydi.

Oldingi chiziqda jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzola bilan zaxirada qolib ketayotgan Eldor Shomurodov ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.

O‘yinoldi matbuot anjumanida ham Leonerdo Semplichi o‘zbek hujumchisi borasida avvalgi aytgan fikrlarini takrorladi.

- Jamoa va futbolchilarning imkoniyatlarini o‘rganib chiqyapman. Hujum chizig‘idagi vaziyatga echim qidiryapman. Ilk daqiqalardan hujum chizig‘ida Mbala Nzola va Eldor Shomurodov birga o‘ynashini ta’minlaydigan balansni topshimiz kerak. Chunki oldinda gol uradigan futbolchilar ko‘proq bo‘lishi muhim.

Men uchun taktik sxemalar muhim ahamiyat kasb etmaydi. Asosiysi, futbolchilarning imkoniyatlari, harakatlari va ishtiyoqlari. “Inter”dek buyuk jamoani to‘xtatish uchun  tarkib masalasida eng yaxshi echimni topishim kerak. Buning uchun kuchli xarakterga ega, matonatli va raqobatbardosh jamoaga aylanishimiz talab etiladi, - dedi Leonardo Semplichi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Eldor Shomurodov jamoa hujumchilari orasida eng tezkori va bir necha pozitsiyada o‘ynay olishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, o‘zbek hujumchisi avvalgi jamoalarida maydon markazi va ko‘p hollarda himoyaga qaytib o‘ynagani bilan ham e’tibor qozongan. Tahlilchilar legionerimizning mehnatkashligi, kurashuvchanligi, driblingi “Inter” singari kuchli raqiblarga qarshi to‘qnashuvda qo‘l kelishi mumkinligini aytmoqda.

Milan klubi “Spetsiya” uchun haqiqatan noqulay va o‘ta jiddiy raqib. “Inter” A Seriya doirasida “Spetsiya” bilan etti marotaba to‘qnash kelgan va birgina uchrashuvda durang qayd etgan holda olti marotaba raqibni tiz cho‘ktirgan. Shuningdek, Italiya kubogidagi ikkita bahs ham milanliklarning ustunligi bilan yakunlangan. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham bo‘lajak raqib tomonida – 25:6.

Demak, “Spetsiya” va “Inter” bahsi ko‘plab kutilmagan vaziyatlarni taqdim etishi mumkin. Leonerdo Semplichi kuchli raqibga qarshi qanday “sovg‘a” tayyorlagani va u qanchalar ish berishini tez orada bilib olamiz.

739815_original

Bu bahs 10 martdan 11 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Saida'lo
09/03/2023 21:56
Spetsiya kulubi biz o'zbeklarning "qadirdon" imizga aylanib qoldi...
Har turdagi baxsini va uning atrofidagi baxs munozaralarni doim kuzatib turamiz...Sabab Shomurodov shu yerda...Eldor gol ur... omad senga.
Odil Kilichov
10/03/2023 11:58
Шарманда қилмасинда Энди Элдоржон
Rasulov To‘lqin
10/03/2023 09:17
Элдорга омад тилаймиз