SPORTS.uz Belgrad-2021. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev: O‘zbekiston nomidan birinchi bo‘lib jangni boshlab berish mas’uliyat bag‘ishlaydi

  • 25 oktabr, 2021, 23:05
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati start oldi. Unda dastlab, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev (-67 kg) jang o‘tkazdi. U irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi ringga ko‘tarildi.

Ilk jangda hamyurtimiz g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jangdan so‘ng Asadxo‘ja SPORTS.uz sayti uchun qisqacha fikrlarini bildirdi.

- O‘zbekiston nomidan birinchi bo‘lib jangni boshlab berish menga mas’uliyat bag‘ishlaydi. Juda hayajonli bo‘ldi. Mana birinchi jangda g‘alaba qozondik. Keyingi janglarda ham yutishga harakat qilamiz. Barchaga rahmat, - dedi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
26/10/2021 09:40
Бу йигитча ростдан хам жуда зур экан! конорни юртдошини тулик ютди. Хозир бобоУсмон булганда кичик хисоб билан зурга ютган буларди. Хакамлар купинча ирландларни куллаб кувватлайди.
&
Бухорий Шариф
25/10/2021 23:13
Маладец ажойиб иқтидор. Янги номларни қўрмай адолатли саралаб олиб боравериш керакда, санжар, фанат қилиб сийқаси чиқган қўшиқни кўйлайвермай, адолатли танловлар қилиб этиш фойдалида. Омад кийенги жангларида.