
SPORTS.uz Belgrad-2021: Bugun Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov va yana 2 nafar bokschimiz ringga chiqadi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bugun to‘rt nafar hamyurtimiz ishtirokidagi bellashuvlar shohidiga aylanamiz. Dastlab, Shahobiddin Zoirov (-52 kg) serbiyalik Tamir Galanov bilan jang qiladi. Ushbu jang Toshkent vaqti bilan taxminan 16:10dan so‘ng boshlanadi.
Madiyar Saidrahimov (-92 kg) belaruslik Vladislav Smaxlikauga qarshi ringga chiqadi. Bu jang taxminan 19:15dan keyin start oladi.
Abdumalik Xalakov (-60 kg) makedoniyalik Jasin Lyama bilan to‘qnash keladi. Jang 21:30da boshlanadi.
Shahram G‘iyosov (-71 kg) qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga ro‘baro‘ keladi. Ushbu jang taxminan 23:05ga belgilangan.
Fikrlar