SPORTS.uz Belgrad-2021. Hamyurtimiz AQSh vakilidan engildi

  • 02.11.2021 01:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in pallaga kirib ulgurdi.

Tecno

Bir necha daqiqadan so‘ng O‘zbekiston sharafini himoya qilishi belgilangan yana bir bokschi ringga chiqadi. Odiljon Aslanov (-80 kg) nimchorak finalda amerikalik Robbiy Gonsalesga to‘qnash keladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 01:00da boshlanadi (V ring).

Ushbu juftlik g‘olibi 2 noyabr kuni qirg‘izistonlik Umarbek Bekjigitga to‘qnash keladi.

Bokschilar ringga chiqib kelishdi. Hamyurtimiz ko‘k formada, raqibi qqizil libosda harakat qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Vakilimiz chap qo‘lda xuk zarbasini aniq yo‘lladi. Ring markazi egallandi va Odiljon birinchi raqam ostida harakat qilyapti. Ketma-ket xuk zarbalari aniq yo‘llandi.

Klinch holati... Aslanov ikki marta aylanma zarba berdi. Hisob ochildi. Amerikalik bokschi jangni davom ettira olishini ko‘rsatdi.

Birinchi raund bizning foydamizga 4:1.

Ikkinchi raund boshlandi.

Odiljon raqibning qorin qismiga ko‘plab zarbalar berdi. Zarbalar almashinuvi. Raqib ham ancha faollashdi. Vakilimiz amerikalik bokschining o‘ng qo‘l zarbasini o‘tkazib yubordi. Klinch holati...

Gonsales yuz qismiga yaxshigina zarba qabul qilib oldi. Ammo bu raundda uning qisman ustunligi kuzatilmoqda.

Referi ikki bokschidan ham ochko olib tashladi, boshini egib harakat qilgani uchun. Ikkinchi raund AQSh vakilining foydasiga 5:0.    

Uchinchi raund boshlandi.

Klinch holati kuzatilmoqda. Zarbalar almashinuvi boshlandi. Endi hamyurtimiz harakat qilishi kerak. Ikkinchi raundda ochkolarni boy berdik.

Odiljon jismoniy tomondan tayyor emasdek...

Vaqt o‘tmoqda. Ko‘proq zarbalar berish lozim, bu qaysidir ma’noda bajarilmoqda. Ammo kam.

Amerikalik bokschi yaqinlashib, klinch holatini yuzaga keltirmoqda.

Jang yakunlandi. Hakamlar Gonsalesning g‘alabasini qayd etishdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!