
SPORTS.uz Belgrad-2021: Hasanboy Do‘smatov va Shohjahon Abdullaev qaytmoqda...
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
26-27 oktyabr kunlari Hasanboy Do‘smatov va Shohjahon Abdullaev ringga ko‘tarildi va imkoniyatni boy berdi. Hasanboy qozog‘istonlik Saken Bibosinovdan engilgan bo‘lsa, Shohjahon belgiyalik Viktor Shelstritga qarshi jangda nokautga uchradi.
Shu tariqa, bu ikki bokschimiz ilk bosqichdayoq jahon chempionati bilan xayrlashdi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Do‘smatov va Abdullaev bugun O‘zbekistonga qaytib ketadi.
Fikrlar