SPORTS.uz Belgrad-2021. Mujibullo Tursunov qiyin jangda raqibidan ustun keldi

  • 01.11.2021 23:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. 

Bir necha daqiqadan so‘ng Mujibullo Tursunov (63,5 kg) nimchorak finalda Xitoy Taypeyi vakili Chu en Laiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Ushbu juftlik g‘olibi 2 noyabr kuni chorak finalda kubalik Kruz Gomezga qarshi jang o‘tkazadi.

Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Mujibulloning ikki bor yo‘llagan yakkalik zarbasi noaniq chiqdi. Chu en Lai himoyalanmoqda. Vakilimiz uning yuz qismiga zarbalar beryapti. Ikkilik zarbasi bermoqda Mujibullo. Lekin uning o‘zi ham ikki bor zarba o‘tkazib yubordi.

Tursunov aylanma zarba yo‘llamoqda. Ring markazi to‘laligicha hamyurtimiz tomonidan egallangan. Ring burchagida qarama-qarshi zarbalar berilmoqda.

Birinchi raund Chu en Lai foydasiga yakunlandi - 4:1.

Ikkinchi raund boshlandi.

Klinch holati ko‘paymoqda. Vakilimiz esa ko‘proq zarbalar berdi. Ular ichida aniq chiqayotganlari ham bor. Biroq kuchsiz...

Xitoy Taypeyi vakili kam harakat, ammo aniqlikka e’tibor qaratmoqda. Hamyurtimizning yuz qismini nishonga olyapti. Mujibulloning esa aksariyat zarbalari havoga uchmoqda.

Ikkinchi raund bizning foydamizga 4:1.

Uchinchi raund boshlandi.

Raund boshida hisob ochilyapti. Xitoy Taypeyi vakili kuchli zarba o‘tkazib yubordi. Lekin jangni davom ettira oladi.

Chindan ham Mujibullo qo‘shdi. Tempni oshirdi. Juda kuchli zarba yo‘lladi vakilimiz. Uning raqibi qarshilik ko‘rsatishga ancha qiynalmoqda, bu raundda. Qarama-qarshi zarbalar juda ko‘p yo‘llandi.

Jang yakunlandi. Hakamlar Mujibulloning g‘alabasini qayd etishdi.

Endi Tursunov 2 noyabr kuni chorak finalda kubalik Kruz Gomezga qarshi jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!