
SPORTS.uz Belgrad-2021. Odiljon Aslonov: Keyingi janglarimda oson bo‘ladi, deb umid qilaman
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Bir necha daqiqadan so‘ng, kun doirasidan o‘rin olgan Odiljon Aslonov (-80 kg)ning jangi boshlanadi. U italiyalik Simone Fioriga to‘qnash keldi. Bellashuvda Aslonov 4:1 hisobida italiyalik raqibidan ustun keldi.
Jangdan so‘ng vakilimiz SPORTS.uz saytiga qisqacha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Birinchi jangni o‘tkazdim. Bundan keyingi chiqishlarimda oson bo‘ladi, deb umid qilaman.
Bo‘lajak raqibim haqida hali o‘ylaganim yo‘q. Endi jangdan oldin murabbiylar bilan tayyorlanamiz, - dedi Odiljon Aslonov.
Endi hamyurtimiz 1 noyabr kuni nimchorak finalda amerikalik Gonsales bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar