Srechko Katanets Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 25 mart, 2022, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Navruz Cup-2022" xalqaro o‘rtoqlik turnirining yarim finalida O‘zbekiston terma jamoasi qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Ushbu uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston tetrma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

-O‘yin haqida taassurotlarim yaxshi. Futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular juda yaxshi o‘ynashdi. Futbolchilar judayam shiddatli o‘yin ko‘rsatishdi. Biz juda ham ko‘p imkoniyatlar yaratdik. Garchi birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, men o‘yindan qoniqish xosil qildim. Afsuski, birinchi bo‘limda imkonyatlarimizdan foydanala olmadik. Ikkinchi bo‘limda biz tempni yanada oshirdik va g‘alaba qozondik.

Albatta birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborish shokka tushiradi, ammo bunday holatlar futbolda uchrab turadi. Agar muxlislar bizdan juda ko‘p narsa kutishgan bo‘lsa, aytishim mumkinki futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘yindan oldin juda ko‘p narsani kutmaslik kerak. Qolaversa har bir raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. Italiya terma jamoasi kimga yutqazganini bilasizlarmi? Futbolda hamma narsa bo‘lib turadi.

Hozirgi futbol 10 yil oldingi futbol emas. Kichkina terma jamoalarga qarshi 7:0, 8:0 degan narsa endi bo‘lmaydi. Chunki futbol juda ham tez rivojlanyapti. Agar biz FIFA reytingida 200-o‘rindagi terma jamoaga qarshi o‘ynasak, bunga ham jiddiy yondoshishimiz kerak.

Muxlislar terma jamoani 90 daqiqa qo‘llab-quvvatlashi kerak va o‘z navbatida futbolchilar buni his qilishlari kerak. Bugun stadiondagi muxlislarning hayqiriqlaridan maydonda "Navbahor" o‘ynadimi yoki O‘zbekiston terma jamoasimi, tushunmay qoldim. Shuning uchun iltimos, kim O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlariga kelsa, oxirigacha faqat terma jamoani qo‘llab-quvvatlasin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rahimjon Xusanboyov
26/03/2022 23:58
Nima namangan muhlislar uzimizdan ancha kuchsiz jamoda maglubiyatga uchrab tursayu uzbekistonda nima qilsin gol urolmaganday qadadir qilib gol talab qilishga haqi yoqmi nima qilsin muhlislar jim kino korishsinmi
Marifjon Turajonov
26/03/2022 05:54
Navbahorgami ,termagami zato shuncha tomoshabin kirdiku.bush tribuna qarshishida uynamadingku.
Eblab gol urolmayotganda navbahor Deb baqirilgan paytda gol urdi.
Demak foyda berdi
Farrukh Ergashev
26/03/2022 06:01
Qirg'iziston mtj sini bazo'r yutdik naqadar sharmandalik o'zbek futboli juda pasayib ketibdi . Ahmedov . Jeparov ,Geynrix o'ynagan davrlarda hattaki Avstraliya, Yaponiyala bilan tengma teng o'ynaganmiz shu ahvolda ketaversa yaqin 20 yillada jaxon chempioantiga chiqishni orzu qilmasak ham buladi.