Stadionga kiritilmaydigan echki, tribunadagi maneken yoxud chempionatni davom ettirishning nemischa uslubi

  • 15 may, 2020, 22:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga startiga bir kun qoldi. Chempionat yakunlanishiga 9 tur qolgan. Musobaqa 30 iyun sanasiga qadar tugatilishi rejalashtirilmoqda. Germaniyada ommaviy tadbirlar o‘tkazish sentyabr oyiga qadar ta’qiqlangan va tabiiyki, uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tkaziladi.

i

O‘yinlarda reglamentda soni qat’iy belgilab qo‘yilgan personal xizmat qiladi. Umuman olganda, o‘yin vaqtida stadionda futbolchilarni ham hisobga olganda 322 nafardan ziyod odam to‘planishi mumkin emas. Aslida, bu ko‘rsatkich 200 dan oshmasligi belgilangan edi, ammo teletomoshabinlarning so‘rovi bilan ularga yuqori sifatda tasvir uzatish uchun ushbu qaror o‘zgartirildi. Stadion atrofi jamoat joyi sanaladi va politsiya tomonidan nazorat qilinadi. Muxlislar to‘planishi ham qat’iyan man etilgan bo‘lib, bunday holatlar uchrashuvlarning to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelishi ham mumkin.

Maydon yaqinida esa 98 dan ziyod xodim bo‘lmasligi kerak. Bunda barchasi hisoblab chiqilgan:

  • Asosiy tarkibdagi 22 futbolchi
  • Zaxiradagi 18 futbolchi
  • Murabbiylar shtabining 20 nafar a’zosi
  • VAR tizimi bilan ishlovchi 15 xodim
  • 5 rasmiy shaxs
  • 4 bollboy
  • 4 qo‘riqchi
  • 4 shifokor
  • Gigienaga javobgar uch shaxs
  • 4 nafar suratchi

Qolgan 224  insonlar faoliyati ham taqsimlab chiqilgan. Ushbu banga xattoki, “Kyoln” klubining timsoli bo‘lgan echki Xennes IX ham duchor bo‘ldi. Salomatlik to‘g‘risidagi bayonnomaga ko‘ra, jonivorlar arenaga qo‘yilmaydi.

20200512213528

Shu tariqa, 2008 yildan buyon ilk bor “Kyoln” o‘z uy bahsini timsolisiz o‘tkazadi. Menxengladbaxning “Borussiya” klubi esa Brest “Dinamo”sidan namuna olib, muxlislar surati tushirilgan plastik manekenlarni tribunalarga joylashtirib chiqishga qaror qildi. “Kyoln” klubi esa mavsumiy abonement sohiblaridan o‘zlarining timsollarini klubga topshirishlarini so‘radi va ushbu timsollar uchrashuv vaqti ularning o‘rindiqlariga qo‘yib qo‘yiladi.

20200512213424

Stadionga kelish vaqti ham reglamentga asosan amalga oshiriladi. Masalan, start  xushtagi 15:30 da yangraydigan bo‘lsa, soat 12:00 da arenada 226  nafar shaxs bo‘lishi kerak. Soat 8:00 da maydon sifati bilan shug‘ullanuvchi 8 nafar mutaxassis kelishi lozim. 10:00 da esa VAR hamda teletranslyatsiya bilan shug‘ullanuvchi 90 nafar xodim tashrif buyurishi kutiladi. Shuningdek, xuddi shu vaqtda vaziyatni nazorat qiluvchi 32 nafar qo‘riqchi, 12:00 da shifokor, politsiya va yong‘in xavfsizligi hodimlari keladi. Jamoa a’zolari esa sterillangan mikroavtobus yoki shaxsiy ulovlarida stadionga tashrif buyurishlari mumkin. Bunda barcha niqob taqqan bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Futbolchilar 2 metr oraliq masofa saqlashi talab etiladi. O‘yindan oldin tibbiy ko‘rik ham bo‘lib o‘tadi. Maydonga ham jamoalar alohida tushishadi. Dastlab mezbon jamoa, so‘ng mehmonlar va zaxiradagilar. Salomlashish, jamoviy suratga tushish marosimlari o‘tkazilmaydi. Tabiiyki, bunday ko‘p personllarga zaxira o‘rindig‘i torlik qiladi va shu bois murabbiylar shtabining bir qismiga tribunaga chiqib o‘tirish tavsiya etiladi. Stadiondagi lift tugmachalarini tirsak yordamida bosish darkor.

20200512213553 (1)

Kiyim almashtirish xonasida bo‘ladiganlar soni ham chegaralangan. Dastlab asosiy tarkib futbolchilari, so‘ngra zaxiradagilar kiyim almashtirishlari mumkin bo‘ladi. Matbuot anjumanlari videoaloqa orqali amalga oshiriladi. Odamlar bo‘lgan barcha xonalarning eshiklari ochiq bo‘lishi kerak bo‘ladi.

Chempionat tiklanmagunga qadar jamoalar  karantinda bo‘lishadi. Shundan so‘nggina ular uylariga ketishlari mumkin. Futbolchilarning oila a’zolari doimiy ravishda koronavirus uchun test topshiradilar. O‘yin va mashg‘ulotdan boshqa vaqtlarda futbolchilar minimal 1,5 metr oraliq masofa saqlashlari kerak bo‘ladi. Maydon tashqarisidagi barcha niqob  taqqan bo‘lishi darkor.

20200512213459

Bundesliga infektsiyani yuqtirish holatlaridan butunlay qochib, qutulishning iloji yo‘qligini tushunadi. Bunday holatda mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari har bir jamoaning taqdirini alohida hal qiladilar. “Kyoln”da uchta koronavirus holati qayd etilgan. Jabrlanganlar jamoadan ajratilib, karantinga tortildi. Ammo, “Dinamo” Drezden bilan boshqacha harakat qilishdi – jamoa butunlay izolyatsiya qilindi va keyingi ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi.

53382272_303

“Bu ikkinchi Bundesligada o‘tkazilishi rejalashtirilgan 81 o‘yinning “Dinamo” ishtirokidagi ikki bahsi keyinchalik o‘tkazilishini anglatadi. Buni qanday hal qilishni ko‘rib chiqishimiz kerak. Bizning rejalarimiz o‘zgarmaydi – mavsumni yakunlashni istaymiz”, – dedi Germaniya futbol ligasi bosh direktori Kristian Zayfert.

Infektsiya aniqlangan futbolchi ikki haftalik karantinga olinadi. COVID-19 yuqtirgan shaxslarning ismi-sharifi esa oshkor qilinmaydi. Bundan faqatgina tibbiyot xodimlarining xabari bo‘ladi.

photo_2020-05-15_18-11-49

Bundesliganing askariyat jamoalari o‘tgan haftadan mashg‘ulotlarga kirishgan. Faqatgina “Bavariya” bundan mustasno. Myunxenliklar 5 kishilik guruhlarga bo‘lingan holda aprel oyidan buyon shug‘ullanib kelishmoqda. Jamoalar qanday ahvolda, qanday sport formasida, qanday psixologik sharoitda etib kelishi noma’lum. Shularni inobatga olgan holda 5 ta o‘zgarishga ruxsat etilgan. Biroq, mutaxassislar ushbu chora-tadbirlarga qaramasdan, mushaklardan olinadigan jarohatlar ortishini ta’kidlashmoqda. Oqibatda esa turnir jadvalining pastki qismida joylashgan, tarkibi kuchsiz va kam futbolchilardan iborat bo‘lgan jamoalarda esa kadrlar etishmovchiligi sodir bo‘lishi mumkin.

“Verder” mashg‘ulotlardan birini bo‘sh arenada o‘tkazib ko‘rdi. Shu tarzda jamoa bunday jarayonga ko‘nikish xosil qilmoqchi bo‘ldi. Unga ko‘ra, stadion uch qismga bo‘lindi. Zaxira o‘rindig‘i ijtimoiy masofalanish tufayli kengaytirildi. Ba’zi fizioterapevtlar tribunadan turib futbolchilarning holatini nazorat qilishdi.

Chempionatni qayta boshlashdan oldin ligadagi barcha o‘yinchilar kamida uch marta koronavirus testidan o‘tishdi. “Shalke-04” yarim himoyachisi Rabbi Matondo bu jarayon qanday kechganini esladi: “Ular maxsus uzun tayoqni olib, tomog‘imga tiqishdi. Keyin yana bittasini olib, barmoq bilan etib bora olmaydigan joyga, buruningizga tiqishadi. Juda yoqimsiz. Men bunga ruhan tayyorlandim. Mavsum davom ettirilishi bilan barchasi jiddiylashib bormoqda”.

_111515841_gettyimages-1207060947

Ikkinchi Bundesligada ishtirok etuvchi “Dinamo” Drezden jamoasida koronavirus infektsiyasining yangi holatlari  e’lon qilindi. Uchinchi bor o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, yana ikkita futbolchida ushbu infektsiya aniqlandi.  Bundan bir necha kun oldin ham bir futbolchida musbat ko‘rsatkich qayd etilgan edi. Shu tarzda butun jamoa 14 kunlik karantinga olindi.

“Dinamo” 17 may kuni “Gannover” bilan o‘ynashi kerak edi, ammo klub uchrashuv kuni kela olmasligini ma’lum qilgan. Ikkinchi Bundesliganing koronavirus aniqlangan yana bir jamoasi – “Ertsgebirge” klubi a’zolarining karantin muddati yakunlandi. Takroriy test natijasida esa musbat ko‘rsatkich aniqlanmadi va jamoa mashg‘ulotlarga kirishdi.

Ertaga start oladigan turning boshlanish vaqtlari

16 may  (shanba)

18:30 “Borussiya” D — “Shalke-04” 
18:30 “Leyptsig” — “Frayburg” 
18:30 “Xoffenxaym” — “Gerta”
18:30 “Fortuna” — “Paderborn”
18:30 “Augsburg” — “Volfsburg” 
21:30 “Ayntraxt” — “Borussiya” M 

17 may (yakshanba)

18:30 “Kyoln” — “Maynts” 
21:00 “Union” — “Bavariya” 

18 may (dushanba)

23:30 “Verder” — “Bayer”.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!