Statistika Oʻzbekistonning imkoniyatlari boʻlganini koʻrsatdi, ammo Kolumbiya ustun keldi

  • 18.06.2026 10:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildgi Jahon chempionati birinchi turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Kolumbiya o‘rtasidagi bahsda statistika jihatidan ham janubiy amerikaliklar ustunlik qildi.

To‘p nazorati bo‘yicha Kolumbiya katta ustunlikka ega bo‘ldi — 62 foizga qarshi 38 foiz. Shuningdek, kolumbiyaliklar 521 ta uzatmani amalga oshirib, ularning 86 foizini aniq bajarishdi. O‘zbekiston esa 318 ta uzatma qayd etib, 76 foiz aniqlik ko‘rsatdi.

Hujumkor harakatlarda ham Kolumbiya faolroq bo‘ldi. Ular 15 marta zarba bergan bo‘lsa, O‘zbekiston hisobida 8 ta zarba bor. Darvoza tomon aniq yo‘llangan zarbalar nisbati esa 4:2 ko‘rinishida qayd etildi.

Kutilayotgan gollar (xG) statistikasi ham Kolumbiya foydasiga bo‘ldi — 1,62 ga qarshi 1,16. Raqib jarima maydonchasidagi teginishlar sonida ham katta farq kuzatildi: 27 taga qarshi 5 ta.

Kolumbiya uchrashuv davomida 4 ta yirik golli vaziyat yaratgan bo‘lsa, O‘zbekiston hisobida bitta shunday imkoniyat bo‘ldi. Shuningdek, janubiy amerikaliklar burchak to‘plari bo‘yicha ham ustunlik qildi — 4 taga qarshi 3 ta.

Shunga qaramay, O‘zbekiston xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa ikki marta to‘sin va ustunni nishonga oldi. Kolumbiya esa bir marta ustunni nishonga olgan.

Yakunda statistikadagi ustunlik ham hisobda o‘z aksini topdi va Kolumbiya mundialni 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!