
Sten Vavrinka Parijda yo‘qolgan bolaning otasini topib berdi
Shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinka "Rolan Garros" musobaqasining ikkinchi davrasida chililik Kristian Garinga qarshi o‘tgan o‘yindan so‘ng kortda yoqolib qolgan yosh bolani topishga yordam berdi.
"Uchrashuv yakunida men muxlislarimga o‘z dastxatimni qo‘yayotgan edim. Shu paytda men ko‘zlari yoshlangan va qo‘rqib ketgan yosh bolaga ko‘zim tushdi.
Uni muxlislarim orasidan chiqarib oldim va yupatdim. O‘ziga kelgandan so‘ng esa esdalik uchun sochig‘imni berdim va otasini topishga kirishdim", – deydi Vavrinka matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng yoqolgan bolaning otasi topildi.
Fikrlar