
Sterling maoshidan tashqari yana 112 mln evro ishlab olishi mumkin
Sport ekipirovkalari ishlab chiqaruvchi Puma kompaniyasi “Manchester Siti” forvardi Raxim Sterling bilan hamkorlik qilmoqchi.
Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda, tomonlar o‘zaro 10 yillik shartnoma imzolashga yaqin turishibdi. Agar ushbu kelishuv imzolansa, Sterling Puma’ning eng qimmat futbolchisiga aylanadi va 10 yilda 112 million evro ishlab olishi mumkin.
Shu o‘rinda Sterling hozir Nike kompaniyasi hamkori ekanini ham aytib o‘tish lozim.
Aytish kerakki, Puma "Manchester Siti"ning texnik hamkori hisoblanadi. U allaqachon Aleksandr Zinchenko va Serxio Aguero kabi futbolchilari bilan shartnoma imzolashga ham ulgurgan.
Fikrlar