
Sterling qo‘rqmoqda
"Manchester Siti" rahbariyati hali ham jamoa hujumchisi Raxim Sterling bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga qaraganda, agar "Manchester Siti" "Aston Villa"dan Jek Grilishni sotib olgan taqdirda, Sterling asosiy tarkibdagi o‘rnidan ayrilib qolishidan qo‘rqmoqda.
26 yoshli Sterling o‘tgan mavsum "Manchester Siti" safida jami 49 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Raximning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.
Fikrlar