Sterlingga Angliyada yana bir xaridor paydo bo‘ldi

  • 03.10.2021 14:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Manchester Siti" klubi hujumchisi Raxim Sterling boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, "shaharliklar" 26 yoshli futbolchini sotib yuborishga tayyor. Ayni damda unga "Liverpul" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Londonning "Arsenal" jamoasi ham Raxim uchun kurashga qo‘shildi.

"Kanonirlar" qishda yoki kelasi yili yozda Sterling transferi borasida taklif yuborishni rejalashtirmoqda.  

Ma’lumot uchun, angliyalik vinger bu mavsum "Manchester Siti" safida umumiy 9 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!