
Stol tennisi. Ayollar terma jamoamiz murosasiz bahsda Polshaga yutqazib qo‘ydi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Xitoyning Chendu shahrida stol tennisi bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, erkaklar terma jamoamizdan so‘ng ayollar terma jamoamiz ham ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Afsuski, vakillarimizga Polshaga qarama-qarshilikda biroz omad etishmadi. Terma jamoamiz 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, yigitlarimiz jahon chempionatining dastlabki uchrashuvida Vengriyaga ham 3:1 hisobida yutqazib qo‘yishgan edi.
O‘zbekiston 2 – 3 Polsha
Marhabo Magdieva – Anna Vegrzin 2:3
Asel Erkebaeva – Katarjina Vegrzin 1:3
Rozalina Xodjaeva – Paulina Krzisiek 3:1
Marhabo Magdieva – Katarjina Vegrzin 3:1
Asel Erkebaeva – Anna Vegrzin 0:3
Fikrlar