"Strandja": Dilshod Abdumurodov ham yarim finalda!

  • 9 fevral, 2024, 18:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sofiya shahrida “Strandja” turnirining chorak finallari davom etmoqda. Hozirga kelib, Hasanboy Do‘smatov raqibi jangga chiqmaganligi uchun keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, ortidan Asilbek Jalilov, Xo‘janazar Nortojiev va Shahzodbek Muzaffarovlar ham raqiblarini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Tecno

Ularning ortidan -60 kg vaznda Dilshod Abdumurodov ham o‘z jangini o‘tkazdi. U ukrainalik Maksim Vlasiuk bilan bahs yuritdi. Qiyin kechgan jangda hamyurtimiz 4:0 hisobida zafar quchdi va yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Oldinda bizni yana bir qator vakillarimizning jangi o‘rin olgan. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!