Suares “Barselona” uni nega haydaganini aytdi

  • 10 oktabr, 2020, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” hujumchisiga aylangan Luis Suares “Barselona” rahbariyati uni nega klubdan ketkazgani sababini aytdi.

Tecno

- Meni Messidan uzoqlashtirish uchun klubdan ketkazishdi. Ularni Leo bilan yaqin do‘st ekanim tashvishga solayotgan edi. Klubdagilarga Messi ko‘p vaqtini men bilan o‘tkazayotgani yoqmadi. Lekin bizning munosabatimiz klubga qanday zarar keltirganini topa olmadim. Ketgan bo‘lsam ham, Messi bilan do‘stona aloqalarni davom ettiryapman, - dedi Luis Suares.

Messi va Suares “Barselona”da 2014 yildan buyon birga to‘p tepayotgan edi. Jamoaga Ronald Kuman kelganidan keyin yoshi katta futbolchilar qatorida Luis Suaresga ham chiqish eshiklari ochib berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!