Suares: Messi bilan hali-hamon ko‘p gaplashamiz

  • 16 noyabr, 2020, 11:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasida "Barselona"dan "Atletiko" tarkibiga borib qo‘shilgan Luis Suares "Marca" nashriga bergan intervyusi mobaynida oilaviy yaqin do‘sti hisoblangan Messi bilan munosabatlari haqida gapirib o‘tdi:

Tecno

"Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, biz juda ko‘p gaplashamiz. Ko‘proq oilaviy hayotimiz haqida suhbatlashamiz. 

Yaqinda farzandim tug‘ilgan kunini nishonladi. Leoning o‘g‘li ham shu oyda tug‘ilgandi. Biz oila, hayot, virus haqida ko‘proq so‘z yuritamiz. Ammo futbol haqida juda kam. Asosan, ura olmagan gollarimiz, taktik sxemalar bo‘yicha qisqa mulohazalarimizni almashib olamiz. Biz oilamiz haqida futboldan ko‘ra ko‘proq qayg‘uramiz", - dedi Suares. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!