Suares Messidan o‘zib ketdi

  • 30 mart, 2022, 18:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares bugun tongda bo‘lib o‘tgan Chiliga qarshi o‘yinda akrobatik tarzda gol urdi. U bu goli orqali jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. 

Shuningdek, Luis ushbu gol orqali Janubiy Amerikada JCh saralash uchrashuvlarida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. Bu borada u argentinalik Lionel Messini ortda qoldirdi. 

Messi hisobida 28 ta gol mavjud edi. Suares va Messidan keyingi 3-o‘rinda boliviyalik Marselo Martins ketmoqda. U saralash o‘yinlarida 22 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kuchli beshlikdan yana bir argentinalik Ernan Krespo va Chili vakili Aleksis Sanches o‘rin olgan. Ularning ikkalasi ham 19 bora raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!