
Suares penaltidan gol urolmaganidan so‘ng Neymar uni qo‘llab-quvvatladi
"Barselona" va Urugvay termasi jamoasi forvardi Luis Suares Amerika kubogida penaltidan gol ura olmaganidan so‘ng PSJ klubi va Braziliya termasi futbolchisi Neymar uni qo‘llab-quvvatladi.
- O‘zingni qo‘lga ol, katta akam. Men seni yaxshi ko‘raman birodarim, - deb yozdi Neymar o‘zining Instagramdagi sahifasida.
Amerika kubogi chorak final bahsida Urugvay termasi Peruga penaltilar seriyasida 4:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi va gol bo‘lmagan yagona 11 metrlik nuqtadan zarbani aynan Suares tepgan edi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Neymar "Barselona"ga qaytishni istayotganligi haqida ma’lumotlar tarqalgandi.
Fikrlar