Suares sobiq klubiga qaytishga yaqin!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Urugvaylik futbolchi Luis Suares faoliyatini "Ayaks"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Ekrem Konur.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Gollandiya klubi rahbariyati "Atletiko"ning sobiq futbolchisi nomzodini o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokara boshlash arafasida. Forvard mavsum yakunlanganidan keyin “matraschilar”ni erkin agent maqomida tark etdi. Shu sababli, u Amesterdam klubiga qaytishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Luis 2007 yildan 2011 yilgacha "Ayaks"da sharafini himoya qilgan. Suares o‘tgan mavsumda "Atletiko" safida barcha turnirlar doirasidagi 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Shuningdek, oldinroq futbolchining “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqida ham xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!