
Sulsher ikki futbolchini haydayapti
“Manchester Yunayted” ikki himoyachi Markos Roxo va Diogo Dalotni jamoadan ketkazishga shoshilmoqda.
Bu ikki futbolchi o‘tgan mavsumda premer-ligada umumiy hisobda 185 daqiqa o‘ynadi xolos. Shunga qaramay, ular maoshini muntazam olib kelmoqda.
Manchesterliklar Roxo va Dalot transferidan 30 million evro ishlab olmoqchi. Roxo o‘tgan mavsumda “Estudiantes”ga ijaraga berilgan edi. Biroq jarohat tufayli bitta o‘yin o‘tkazdi. Hozir unga da’vogar yo‘q.
Dalotga “Everton”, “Vilyarreal” va “Tottenxem”dan qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar