Sulsher Koutino bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi

  • 28 may, 2020, 20:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaga braziliyalik pleymeyker Koutino kerak emasligini ta’kidladi.

Tecno

Futbolchini tezroq sotib, undan keladigan pulni Lautaro Martines transferiga tikmoqchi bo‘lgan “Barselona” Sulsherga Koutinoni olishni taklif qilgandi. Lekin MYu bosh murabbiyi bunga ko‘nmadi.

Sulsherda yana boshqa taklif ham bor. “Real” Pol Pogba o‘rniga to‘rt nafar futbolchi taklif qilgan. Madridliklar jo‘natadiganlar orasida mohir yarim himoyachilar ham bor.

“Real”dan dahshatli taklif. Zidan Pogba uchun 4 futbolchi jo‘natadi

Transferga tayyorgarlik. MYu uch futbolchi uchun 140 mln funt kredit oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!