Sulsher “Nyukasl” so‘ragan futbolchining narxini e’lon qildi

  • 14 oktabr, 2021, 17:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bilan yangi shartnoma imzolamayotgan Jessi Lingrad erkin agentga aylanishidan oldin qishki transferlar vaqtida sotib yuboriladi.

Hujumkor futbolchiga “Vest Xem” anchadan beri xaridor edi. Endi talabgorlar ro‘yxatiga superjamoaga aylantirilayotgan “Nyukasl” ham qo‘shildi.

Manchesterliklar Ule-Gunner Sulsherga kerak bo‘lmay qolgan Lingardni 18 million evro sotib, kam bo‘lsada daromad ko‘rmoqchi.

Aslida manchesterliklar uchta uchrashuvda ikkita gol urganidan keyin Jessini o‘z safida olib qolmoqchi edi. Biroq, yarim himoyachi Sulsherdan o‘yin amaliyotini kafolatlashni talab qildi. Norvegiyalik mutaxassis esa undan zarur paytda foydalanmoqchi va muntazam boshlang‘ich tarkibdan joy bermoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!