
Super bokschi mamlakat prezident bo‘ladi
8 vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan dunyodagi yagona professional bokschi Menni Pakyao Filippin prezidentligiga nomzodini qo‘yishga qaror qildi.
Filippinda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2022 yilning 9 mayiga belgilangan. Mashhur bokschi mamlakatining siyosiy hayotida faol ishtirok etib keladi. U 2009 yildan buyon Vakillar palatasi a’zosi hisoblanadi. Mamlakat aholisining aksariyati Pakyaoni juda qattiq hurmat qiladi.
Mennining prezidentlikka nomzodini qo‘yishi haqida “Top Rank Promotions” rahbari Bobu Arum xabar berdi. Bokschi undan saylovlardan so‘ng inaunuratsiya marosimida qatnashishni so‘ragan. Bokschining o‘zi saylovda yutib chiqishiga ishonmoqda.
Menni Pakyao so‘nggi jangini o‘tgan yili iyul oyida Kit Turmanga qarshi o‘tkazib, undan WBA chempionlik kamarini tortib olgandi. 41 yoshli sportchi 25 yillik faoliyati davomida 71 ta jang o‘tkazib, shulardan 62 tasida zafar quchgan. Pakyao hamon boksdagi faoliyatini davom ettirmoqdv va karantindan so‘ng eng kuchli bokschilar bilan jang qilmoqchi.
Fikrlar