
Superklub 259 ta gol urgan zo‘r hujumchidan ayrildi
Frantsiyaning eng mashhur klubilaridan hisoblangan “Monako” keyingi yillardagi eng zo‘r hujumchisi Vissam ben Yedder xizmatidan foydalana olmaydigan bo‘ldi.
33 yoshli to‘purar erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
Vissam ben Yedder jamoaga 2019 yili olib kelingan edi. Besh yil davomida “Monako” safida 201 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 118 ta gol va 34 ta assist yozdirib qo‘ydi.
“Monako”ga kelgunga qadar o‘zini tarbiyalagan “Tuluza” va ma’lum muddat Ispaniya chempionatida “Sevilya” sharafini himoya qilgan frantsiyalik o‘yinchi klublar miqyosida turli darajadagi musobaqalarda jami 513 ta bahsda maydonga tushgan.
Bu bellashuvlar davomida Vissam raqiblar darvozasiga 259 ta gol urib, jamoadoshlariga 78 ta golli pas uzatgan.
Ben Yedder Frantsiya terma jamoasi safida 19 ta uchrashuvda uchta gol muallifi bo‘lgan.
Fikrlar