Superklub fanatlari Lukakuga qarshi bosh ko‘tardi

  • 10 avgust, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ga kerak bo‘lmay qolgan Romelu Lukaku o‘ziga hali yangi jamoa topgani yo‘q. Belgiyalik forvard “Yuventus”ga o‘tishni istayotgan edi.

Tecno

Turinliklar ham tajribali forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas. Tomonlar o‘rtasida muzokara davom etmoqda.

Biroq, kutilmagan muammo chiqdi. “Yuventus” jamoasining o‘rinbosarlar tarkibi bilan bo‘lgan o‘yinidan keyin ashaddiy muxlislar “Alyants Stedium” arenasi maydoniga kirib kelgan va “Lukakuni olmanlar!”, degan talabni qo‘yib, bu transferga qarshi norozilik namoyishini o‘tkazdi.

“Lukaku” o‘tgan mavsumni ijara asosida “Inter” safida o‘tkazdi. Barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!