Superklub Manchesterdan ikki yulduzni olib ketadi
Bundesliga chempioni “Bavariya” mutasaddilari “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan ikki futbolchini olish imkoniyatlarini muhokama qilyapti.
Mirror va Sky Sport Germany kabi manbalarning ma’lum qilishicha, myunxenliklar o‘z safiga hujumchi Rasmus Xyoylund va hujumkor futbolchi Jeydon Sanchoni qo‘shib olishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim bu ikki o‘yinchiga imkoniyat bermaydigan bo‘ldi va ularni tezroq klubdan ketishini talab qilyapti.
Jeydon Sancho o‘tgan mavsumni ijara asosida “Chelsi”da o‘tkazdi va jami 42 ta uchrashuvda beshta gol, o‘nta assist muallifi bo‘ldi.
Daniyalik forvard Xyoylund esa, manchesterliklar safida 52 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga o‘nta gol va to‘rtta golli pas yozdirib qo‘ydi. Uning natijalari murabbiylar shtabini qoniqtirgani yo‘q.



Fikrlar