Superklub “Oltin to‘p” sohibi bilan muzokarani to‘xtatdi

  • 14.04.2026 11:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen” yaqin vaqt ichida jamoa yetakchisi Usmon Dembele bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazishni rejalashtirmayapti.

Tomonlar hozircha hamkorlik borasidagi muzokaralarni to‘xtatishga qaror qilgan.

Klubda hozirgi ustuvor vazifa – Yevropa Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘tgan yili qo‘lga kiritilgan klub tarixidagi ilk sovrinni munosib himoya qilishdir.

Shu bilan birga, agar jamoa chorak final yoki yarim finalda musobaqani tark etsa, rahbariyat tarkibni qayta qurish va yosh futbolchilarga e’tibor qaratish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Mavsumning birinchi qismida Dembele tez-tez jarohat olgani ham klubda uning kelajagi bo‘yicha shubhalar va ikkilanishlarni  paydo qilgan.

Ma’lum qilinishicha, agar frantsiyalik yulduz Parijni tark etsa, eng optimal variant sifatida Saudiya Arabistoni chempionatiga borishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!