Superklub urishib qolgan yulduzlarni tranferga qo‘yvordi

  • 20 avgust, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining eng mashhur klublaridan biri “Marsel”da ichki muhit buzilgan ko‘rinadi. Liga 1 birinchi turida marselliklar “Renn” jamoasi mehmoni bo‘lib, kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Ushbu bahsdan keyin “Marsel” o‘yinchilar o‘rtasida janjal yuz berdi. Ayniqsa, mashhur futbolchi Adrien Rabo jamoadoshi Jonatan Rou bilan yoqalashmoqchi ham bo‘ldi.

Klub rahbariyati tartib-intizomni buzgan o‘yinchilarga jiddiy chora ko‘rdi. “MArsel” matbuot xizmati Rabo va Rou transferga qo‘yilgani haqida ma’lumot chiqardi.

- “Marsel” Adrien Rabo va Jonatan Rou klub tomonidan transferlar ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qiladi. Bu qaror “Renn” bilan bo‘lgan uchrashuvdan keyin kiyim almashtirish xonasida o‘yinchilar  qabul qilib bo‘lmas xulqini namoyish qilgani oqibatida, klub rahbariyati bilan kelishgan holda, klubning ichki tartib-intizom kodeksiga muvafofiq qabul qilindi. Har ikki o‘yinchi qaror bilan tanishtirildi, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!