
Superkompyuter JCh-2022 g‘olibi kim bo‘lishini bashorat qildi
Five Thirty Eight superkompyuteri 2022 yilgi jahon chempionati g‘olibini bashorat qildi.
Unga ko‘ra, musobaqa finalida Argentina terma jamoasi g‘alaba qozonadi. Uning imkoniyatlari 53%, Frantsiya terma jamoasida esa 47% deb baholanmoqda.
Uchinchi o‘rin uchun o‘yinda superkompyuterga ko‘ra, Xorvatiya terma jamoasi g‘alaba qozonadi. “Bashoratchi” unga 53% bergan. Marokash terma jamoasining imkoniyatlari 47 foizga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, uchinchi o‘rin uchun o‘yin 17 dekabrga belgilangan, final uchrashuvi 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar