Superliga. 17-turda jamoalarning imkoniyatlari qanday?
Bugun va ertaga O‘zbekiston Superligasining 17-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu turda bir qator qiziqarli bahslar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. "Nasaf"ning Toshkentga mexmon bo‘lishi, Namangandagi derbi va yaba bir qator muxlislar diqqatini o‘ziga jam qiladigan tur o‘yinlarida jamoalarning imkoniyatlari qanday ekanligiga baxo berib o‘tamiz.
"Qo‘qon-1912" - "Surxon".
Aslida tarkibi va taktik o‘yini autsayderlarga hos bo‘lmagan, ammo g‘alaba qozonishda qiyinchikga duch kelayotgan "Qo‘qon-1912" o‘z uyida "Surxon"ga munosib qarshilik ko‘rsata olsa kerak. Sababi, ochko suv va havodek zarur. Lekin "Surxon" klubining so‘nggi o‘yinlari, ayniqsa "Loko"ga qarshi ochko olgani va kubokdan ham mosuvo eta olgani ushbu uchrashuvning jiddiyligini bildirib turadi.
Imkoniyatlar: 35% - 65%.
AGMK - "Paxtakor".
AGMK klubi ajoyib tarkib bilan shakllangan. Hatto, Navbahor uyidan g‘alaba bilan qaytdi. Ammo bu safar musobaqa peshqadami bo‘lib turgan "Paxtakor"ni qabul qiladi. Bu o‘yinda olmaliqliklar hech kim to‘xtata olmayotgan "Paxtakor"dan, balki ochko olishar. Bu qiziq. Ko‘ramiz.
Imkoniyatlar: 35% - 65%.
"Lokomotiv" - "Nasaf".
Ushbu bahsda Toshkentliklar favorit hisoblanishadi. Ammo, "Nasaf" o‘tgan turda "Bunyodkor"ni ham mag‘lub eta oldi va chiroyli o‘yin namoyish etmoqda. Babayan boshchiligidagi "Lokomotiv" esa aksincha, ishlari yurishmayapti. O‘ziga yarashmaydigan natijalar, ketma-ket ochko yo‘qotishlar, kubokni tark etish.
Bosim ostida qolgan "temiryo‘lchilar"ga g‘alaba kerak. Bu vaziyatdan Qarshi jamoasi unumli foydalanib qolishi mumkin.
Imkoniyatlar: 55% - 45%.
"Buxoro" - "So‘g‘diyona".
So‘nggi bor, birinchi davraning oxirgi turida g‘alaba mazzasini ta’tib ko‘rgan "Buxoro" klubi o‘z uyida Baqoev jamoasini qabul qiladi. Bu bahsda buxoroliklardan shiddat kutiladi. Bu klub "xavfli zona"da bormoqda. Lekin "So‘g‘diyona" aqlli futbol o‘ynayotganini hamma ko‘rib turipti.
Imkoniyatlar: 40% - 60%.
"Bunyodkor" - "Metallurg".
O‘zbekiston termasining bir qator sobiq futbolchilari o‘zaro to‘qnash keladigan bahsda, "Bunyodkor" "Metallurg"ni qabul qiladi. Terma jamoa sobiq ustozi Vadim Abramov boshchiligidagi "qaldirg‘ochlar"ning imkoniyati yuqori baxolanmoqda. Ammo, bekobodliklar ham yomon o‘yin ko‘rsatishmayapti. Natija qanday ko‘rinishidan qat’iy nazar, bellashuv xujumkor va chiroyli o‘yin bilan o‘tishi kutilmoqda.
Imkoniyatlar: 60% - 40%.
"Andijon" - "Navbahor".
O‘ziga hos vodiy derbisi. Bu jamoalarning tarkibi, taktikasi, natijalari turli hil bo‘lishiga qaramay, o‘zaro bellashuvda doim barchasi unutilib, o‘yinga bor e’tibor jiddiy tarzda qaratiladi.
Huddi "Navbahor" kuchlidek va g‘alabaga osonlik bilan erishadigandek. Aslida, bu bahsda kim g‘olib bo‘lishini tahmin qilish qiyin. Asosiysi uchrashuv shiddatli tarzda kechish foizi ko‘proq.
Imkoniyatlar: 40% - 60%.
"Qizilqum" - "Dinamo".
Bu uchrashuvda mezbonlarning imkoniyati yuqori bo‘lsa kerak. Birinchi davrani yaxshi o‘tkaza olgan samarqandliklar ikkinchi davrada sustlashgandek tuyulmoqda. Umuman olganda, Oldindan bir narsa deyish qiyin. Zero, zarafshonliklar ikkinchi davrada yaxshi ishtirok etish uchun jiddiy bel bog‘laganlar.
Davron Fayziev shogirdlari o‘tgan turda "Qo‘qon-1912"ga mag‘lub bo‘lishdi. Bu jamoaga qanday ta’sir o‘tkazganini ertanig bahsda bilib olamiz.
Imkoniyatlar: 55% - 45%.

Fikrlar
Уйин жихатдан Насаф 60га 40
Умумий 50/50
Мурабийларни такосласак 100 га 0
Очигини айтсак Насаф ютади!
ОЛГА НАСАФИМ
ЛОКОНИ ХАМ ХУРМАТ КИЛАМИЗ.
1-1