Superliga. 2-turdan keyingi to‘purarlar jadvali bilan tanishing
Superliganing 2-turi ham bugun o‘z nihoyasiga yetdi.
Ushbu turdan so‘ng "Neftchi" futbolchisi Stipe Peritsa 3 ta gol bilan to‘purarlar jadvalidа yetakchilik qilmoqda. Xorvatiyalik forvard ilk turda "Mash’al"ga qarshi 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi, "Surxon"ga qarshi bahsda esa dubly muallifi bo‘ldi.
30 yoshli hujumxidan so‘ng Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Firdavs Abdurahmonov ("Dinamo"), Piyotr Pajishek ("Paxtakor") va Quvonchbek Abraev ("Lokomotiv") 2 tadan gol bilan keyingi o‘rinlarni egalab turibdi.

Fikrlar