
Superliga. 23-turning ilk bahsida "Nasaf" "Xorazm"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Xorazm" klublari o‘rtasidagi to‘qnashuvda qarshiliklar raqibini 2:1 hisobida taslim etdi.
Dastlab, uchrashuvning 45-daqiqasida "Xorazm" futbolchisi Shahram Samiev hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib esa Sharof Muhitdinov oradagi farqni yo‘qqa chiqazib, hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi Sherzod Nasrullaev "ajdarlar"ni oldinga olib chiqqan holda, muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Nasaf" ushbu uchrashuvdan so‘ng ochkolar sonini 52 taga etkazib olib, "Neftchi" bilan farqni 7 ochkogacha oshirib qo‘ydi. Farg‘onaliklar esa bu turdagi o‘z o‘yinini 30 sentyabr kuni "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘tkazadi. "Xorazm" esa 20 ochko bilan 15-o‘rinda qoldi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Nasaf
- Sharof Mukhiddinov 45'
- Sherzod Nasrullaev 79'
25.09.2025 20:15

Xorazm
- Shahrom Samiev 45'
Fikrlar