
Superliga: 27 aprel kungi 2 ta o‘yin jonli, 1 tasi esa yozib olingan holda namoyish etiladi
Ushbu hafta yakunida Superligada 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
27 aprel sanasidan 3 ta uchrashuv o‘rin olgan bo‘lib, Professional futbol ligasi mazkur o‘yinlarning 2 tasi jonli efirda namoyish etilishini ta’minlash maqsadida "Sport" telekanali va klublar bilan kelishib, “Lokomotiv” — “Qizilqum” bahsi boshlanish vaqtinini 2 soat ertaroq etib belgiladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa, “Lokomotiv” — “Qizilqum” hamda “So‘g‘diyona” — “Paxtakor” o‘yinlari jonli efirda, “Metallurg” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvi esa yozib olingan holda Sport TV orqali namoyish etiladi.
Ta’kidlash joiz, “Lokomotiv” — “Qizilqum” o‘yini avvalroq soat 19:35da o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan edi.
27 aprel, shanba
17:30 LOKOMOTIV — QIZILQUM (jonli efir)
18:30 METALLURG — QO‘QON-1912 (yozib olingan holda ko‘rsatiladi)
19:35 SO‘G‘DIYoNA — PAXTAKOR (jonli efir)
Fikrlar