Superliga. 90-daqiqada kiritilgan gol "Qo‘qon-1912" jamoasiga mavsumdagi dastlabki g‘alabani tortiq etdi
Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport majmuasida kechgan uchrashuvda mehmonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol 90-daqiqada Murod Xolmuhammedov tomonidan kiritildi.
Bugungi muvaffaqiyat qo‘qonliklar uchun mavsumdagi dastlabki g‘alaba bo‘ldi va No‘’mon Hasanov shogirdlari o‘z hisobidagi ochkolari sonini 5 taga etkazgan holda turnir jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar