Superliga. "Andijon" o‘z uyida "Surxon"ni kambek evaziga mag‘lub etdi

  • 23 may, 20:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Surxon" klublari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Dostonbek Tursunov mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Bellashuvning 48 va 55-daqiqalarida esa Bektemir Abdumannonov va Doniyor Abdumannopov gollar kiritib, "burgutlar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 
 
Ushbu bellashuvdan so‘ng "Andijon" ochkolar sonini 12 taga etkazib olib, 10-o‘ringacha ko‘tarilib oldi. "Surxon" esa 13 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum

Andijan

  • Bektemir Abdumannonov 48'
  • Doniyor Abdumannopov 55'
Tugadi
2 : 1

23.05.2025 19:00

Surxon

  • Dostonbek Tursunov 5'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!